Mikrobiologiya, Virusologiya va Immunologiya kafedrasida 1-Dekabr “Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni”ga bag`ishlangan “Yoshlar OITSga qarshi” nomli tadbirdan lavxalar

1-Dekabr “Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni”ga bag`ishlangan  tadbirni kafedra mudiri professor Z.A. Nuruzova ochib berdilar. O`zlarining nutqlarida OITS kasalligi jamiyatga solayotgan xavfi va undan saqlanish kerakligi,  kasallikka qarshi kurashishdagi hozirgi kundagi muammolar haqida gapirib o’tdilar. Shuningdek, TTA professor-o`qituvchilarni va talabalarini bu boradogi o’rni va ahamiyati haqida ham to’xtalib o’tdilar. Tadbirni 2-davolash fakulteti 217-guruh talabalari yuqori kayfiyatda o`tkazdilar. Dastlab 217-guruh talabasi Amonov Navro’zbek OITS haqida ma’lumot berib otdi. Shundan so’ng, talabalar o`zlarining sahna ko`rinishlari va chiqishlari bilan tadbirni davom etdirdilar. Tadbir ko’tarinki ruhda va qiziqarli o`tkazildi, yig’ilganlar o’zlari uchun kerakli xulosalar oldilar deb o’ylaymiz.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.