Oliy ta`lim muassasalari o`rtasida 19.09.2021 dan 02.10.2021 gacha tuzilgan memorandum asosida S.D. Asfendiyar nomidagi QozMMUning mikrobiologiya va virusologiya kafedrasi professori Mustafina K.K. TTA mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasiga tashrifi

Oliy ta`lim muassasalari o`rtasida 19.09.2021 dan 02.10.2021 gacha tuzilgan memorandum asosida S.D. Asfendiyar nomidagi QozMMUning mikrobiologiya va virusologiya kafedrasi professori Mustafina K.K. TTA mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasiga tashrif buyurdi.

2021 yil 22-23 sentyabrda kafedra mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Nuruzova Z.A. va  professor Mustafina K.K. “Infeksiya, epidemiologiya, mikrobiologiya va tibbiy parazitologiyaning zamonaviy muammolari” (Andijon sh.) xalqaro ilmiy -amaliy konferensiyasida ishtirok etishdi, konferensiyada professorlar o`zlarining ma’ruzalari bn qatnashishdi. Prof. Mustafina K.K. “Qozog’iston Respublikasida pnevmokokk infektsiyasini epidemiologik kuzatuv modelini joriy etish natijalari. Serotipik manzarasi” mavzusida taqdimot qildi.

Professor tashrifi davomida tibbiy- profilaktika va jamoat salomatligi, davolash, xalqaro fakultet talabalariga bir qator ma’ruzalar o’qidi. Bakteriyalarni sof kulturasini ajratib olish va antibiotiklarga sezuvchanlikni aniqlash bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega video material tayyorlandi. Professor tematik reja bo’yicha master-klass va ko’rgazmali amaliy darslar o’tkazdi. Talabalarni baholash TMA mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi professor -o’qituvchilari tomonidan taqdim etilgan baholash reytingi va nazorat varaqalari bo’yicha o’tkazildi. Darslar jadval bo’yicha o’tkazildi, talabalar darslarda munozaralarda faol qatnashdilar va bilimlarini yaxshi namoyish etdilar. Ba’zi talabalar mustaqil ishlarini himoya qilish uchun ko’rgazmali taqdimotlar tayyorladilar va mavzulari bo`yicha berilgan savollarga javob berdilar

 

Kafedrada amaliy ko’nikmalarni qilishni o’rgatish va o’tkazish maqsadida Michigan shtat universitetining virtual interaktiv bakteriologik laboratoriyasi tashkil etildi.

“Вектор-Бест” kompaniyasining ilmiy ishlar bo’yicha direktori Agledinov E.F. bilan  kafedra o’qituvchilari, klinik va bakteriologik laboratoriyalar  xodimlari, kafedra magistrantlari va talabalar uchun koronavirus infeksiyali bemorlarda hujayraviy va gumoral immunitetni laborator baholash bo’yicha qo’shma ma’ruza o’tkazildi.Ushbu mavzuni “AVIKON” kompaniyasi vakili bilan muhokama qilish uchun davra suhbati tashkil etildi.

2021 yil 28 sentyabrda professor va kafedra professor -o’qituvchilari O’zbek Milliy akademik drama teatrida TMA tomonidan tashkil etilgan O’qituvchilar kuniga bag’ishlangan tantanali tadbirda qatnashdilar.

Kafedra professor -o’qituvchilari bilan birgalikdagi ish davomida klinik mikrobiologiya, antibiotiklarga chidamlilik, inson tanasining mikrobiomi masalalari muhokama qilindi, keyingi tadqiqot loyihalari va tashriflar muhokama qilindi. Boshlang’ich sifatida yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarda har xil turdagi mikroorganizmlar tomonidan bioplyonkalarni hosil bo’lishini o’rganish taklif qilingan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.