


➡️Yurtimizda yoshlarni giyohvandlik, narkomaniya,chekish va zararli odatlardan asrash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Bu borada bir qator muhim targ‘ibot va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda:
➡️ “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida yoshlar o‘rtasida turli targ‘ibot tadbirlari, uchrashuvlar va aksiyalar tashkil etilmoqda.
➡️Ta’lim muassasalarida giyohvandlikning inson salomatligi va kelajagiga salbiy ta’siri haqida shifokorlar, psixologlar hamda mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
➡️Tadbir davomida talabalar tomonidan zararli odatlardan yiroq bo‘lish, sog‘lom hayot kechirish va kelajakni qadrlashga chorlovchi fikrlar bildirildi.
➡️Sahna ko‘rinishlari, ta’sirli monologlar va badiiy chiqishlarga boy bo‘lgan ushbu tadbir yig‘ilganlarda chuqur taassurot qoldirib, barchani hayotning qadriga yetishga undadi.