Mikrobiologiya kafedrasi 1919 yil kuzda fakulьtet bilan bir vaqtda tashkil topgan. Uning birinchi rahbari professor Grekov Аleksey Dmitrievich boʼlib, umumiy mikrobiologiya boʼyicha maʼruzalar oʼqigan. 1933 yilgacha kafedrada asosan pedagogik ishlar olib borildi. 1933 yilda Shtiben V.D. kafedra mudiri lavozimiga saylandi, uning rahbarligida streptokokklar (Medvedeva T.I.), tilla rang stafilokokklar (Kats R.P.) tavsifi boʼyicha ilmiy ishlar qilindi. 1936 yilda mikrobiologiya kafedrasi mudiri sifatida profdi va u 1964 yilgacha uni boshqardi.essor Samsonov P.F saylan
Pavel Fyodrovich Samsonov, doktorlik dissertatsiyasini brutsellyozlar bakteriologiyasi boʼyicha yoqlab, kafedra professori boʼldi, kelajakda esa OʼzSSR fan arbobi darajasiga erishdi. U Oʼzbekistonda tibbiy mikrobiologiya boʼyicha yirik olim xisoblanadi.1939 yildan professor Samsonov P.F. mikrobiologiya kafedrasini kengaytirdi, lekin Butun Jahon urushi 1941-1945 yillar davomida bir qancha assistentlar frontga joʼnatildi.Kafedraning ilmiy faoliyatini urushgacha davrga va urush davrga boʼlish mumkin: tilla rang stafilokokklar (Kats R.P., 1936y.), surunkali yarali kolitlarda enterokokklar tavsifi (Drapkina А.V.,1938y.), tuburkulyoz bakteriyalarini serologik tiplash (1943y.), ochiq suv havzalarida suvning koli-titrini aniqlashda sut-koagulaza usulining solishtirma baholashga (Grinevich А.T.,1945y.) qaratilgan.Urushdan soʼng mikrobiolgiya kafedrasining pedagogik tarkibi malakali mikrobiolog xodimlar bilan kengaydi, ular Bobilyov N.I.(1947 y.-dotsent), Аxmedjonov Yu.А. (kelajakda t.f.d.), Merjanov T.F., Sluchenkov Ye.D. Bu esa kafedraning urushdan keyingi pedagogik salohiyatini yaxshilashga va mikrobiologiya boʼyicha ilmiy izlanishlarning keng miqiyosda avj olishiga olib keldi.Mikrobiologiya kafedrasining urushdan keyingi ilmiy ishlari (1945-1964y.) umumiy mikrobiologiya, sanitar bakteriologiya, boʼgʼma, ichak va boshqa infektsiyalar muammolariga bagʼishlandi.Professor Samsonov P.F. ning mashaqqatli mehnatlari natijasida u boshchilik qilgan 1939-1964 yillar davomida 30 dan ortiq dissertatsiya ishlari himoya qilindi. Ulugʼ olim, koʼp qirrali mikrobiolog, professor Samsonov P.F. qon orqali oʼtuvchi yuqumli kasalliklarni oʼrganish uchun koʼp ishlar qildi. Yaʼni, Ku-isitmasi va boshqa infektsiyalar boʼyicha amaliyot shifokorlari uchun yoʼriqnoma xat chop etdi. Oʼzbekistonda birinchi marotaba professor Samsonov P.F. ipak yigirish fabrikasida ishlovchilarning teri yalligʼlanish kasalliklarida enterokokklarni aniqladi. Mikroflorani va bemor organizmidagi immunobiologik javob reaktsiyalarini parallel oʼrganish natijasida turli joylashuvdagi yiringli-yalligʼlanish jarayonlarida enterokokklarning etiologik ahamiyatini aniqladi.1964-1971 yillarda kafedrani biologiya fanlari doktori professor Yunus Аxmedjonovich Аxmedjonov boshqardi. Shu yillar davomida oʼquv-tarbiyaviy va ilmiy ishlar yanada yaxshilandi. Kafedrada ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash davom etdi. Yaʼni, 1964-1971 yillar kafedrada 12 xodim nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Bundan tashqari, 2 doktorlik dissertatsiyasi: dotsent L.I.Kartushin tomonidan “ Rolь uchastnikov bakteriotsenoza v formirovanii dlitelьnogo nositelьstva difteriynыx bakteriy v nyobnыx mindalinax”, va dotsent Аxmedjanov Yu.А. oʼzbek tilida “Mikrobiologiya va virusologiya asoslari” nomli kitob yozdi va uni 1966 yilda doktorlik dissertatsiyasi sifatida himoya qildi.Koʼp yillar davomida mikrobiologiya kafedrasi hodimlar ayrim shartli-patogen bakteriyalarni (enterokokk, ichak tayoqchasi, protey va boshqalar) oʼrganish boʼyicha ilmiy ishlar olib borishdi. Yaʼni, 30 yildan ortiq vaqt, avval professor V.D.Shtiben (1933-1936y.), soʼngra professor P.F.Samsonov (1936-1964 y.), dotsent Yu.А.Аxmedjanovlar boshchiligida odam oshqozon-ichak trakti meʼyoriy mikroflorasini namoyondalaridan biri – enterokokk chuqur oʼrganildi.50 yillardan boshlab, mikrobiologiya kafedrasida enterokokklarning ferment-toksik hususiyatlari oʼrganildi, uning agressiya fermentlarini ishlab chiqarishi isbotlandi, serologik differentsatsiya oʼtqazildi va ularning fagoidentifikatsiya qilish oʼrganildi (Yu.А.Аxmedjanov, N.А.Аxmedov, R.F.Umarova, Sh.N.Xoltaev, G.G.Brusselь, А.F.Foliyants va bosh.). Bolalarda dispepsiya xolatida enterokokklarning etiologik ahamiyati aniqlandi (Kim L.P.).Ilmiy izlanishlar boshqa yoʼnalishlar boʼyicha ham olib borilgan, masalan 1963 yilda assistent X.M.Damkas difteriyaning bakteriologik diagnostikasi boʼyicha butunjaxon yoʼriqnomasini chiqarishda ishtirok etdi.Shu yillar davomida mikrobiologiya kafedrasida faoliyat yuritgan ilmiy xodimlar (aspirantlar va assistentlar) kelajakda yirik olimlar – kafedra raxbarlari,– ilmiy muassasalar raxbarlari boʼlib yetishishdi, yaʼni professor L.I.Kartoshina Omsk Tibbiyot institutida mikrobiologiya kafedrasi mudiri, – professor Yu.E.Kochorovskiy TashGiDUV mikrobiologiya kafedrasi mudiri, G.А.Аbdirov avval kafedra aspiranti, soʼngra Nukus Davlat universiteti rektori lavozimlarida ishlashgan.70-yillarga kelib kafedrada Organizmning normal shartli – patogen mikroorganizmlarining biologik xususiyatlarini oʼrganish boʼyicha bir qancha ishlar qilindi. Shu davr ichida kafedrada 5 ta nomzodlik dissertatsiyasi va bitta doktorlik dissertatsiyasi ximoya qilingan (dotsent А.V.Foliyants).1970 yil may oyidan А.А.Аbidov professor boʼldi va qisqa tanaffusdan soʼng, (1975-1976 yillar mikrobiologiya kafedrasini dotsent А.V.Foliyants boshqardi) 1980 yilgacha Toshkent Davlat tibbiyot institutini mikrobiologiya kafedrasi mudiri boʼlib ishlagan. Shu yillar ichida kafedraning material-texnik taʼminoti yaxshilandi. Kafedraga yangi bino ajratildi, oʼquv auditoriyalari, oʼquv yordamchi tajribaxonalar soni koʼpaydi. Bu esa talabalarni yaxshi tayyorlash uchun turtki boʼldi.1980 yildan 1990 yilgacha (1985-1986y. dotsent Muxamedov I.M. ) t. f.d., professor F.Yu. Garib kafedraga boshchilik qildi.Shu vaqt davomida ilmiy tekshirish ishlari aktivlashdi. Klinik immunologiya – yangi yoʼnalish paydo boʼldi. Kafedra qoshida immunologik tajribaxona tashkil qilindi, unda kafedraning xodimlari, ToshDavTIning boshqa kafedra xodimlari, Respublikaning boshqa institutlari, Leningrad shaxri tibbiyot instituti xodimlari professor F.Yu.Garib raxbarligi ostida odamning immun statusini baxolashning yangi usullarini ishlab chiqishdi: limfotsitlar subpopulyatsiyasini aniqlash (T-limfotsitlar, T-supressorlar, T-xelperlar, V-limfotsitlar, V-supressorlar, V-xelperlar, O-limfotsitlar va boshqalar). Bemor qonida antigen bogʼlovchi limfotsitlarni aniqlash boʼyicha olib borilgan ilmiy tekshirishlar yoʼnalishi yangi original va perspektivligi bilan ajralib turdi. Dotsent Muxamedov I.M. oshqozon ichak trakti mikroflorasini oʼrganish boʼyicha ilmiy guruxga boshchilik qildi. Ichak mikrobiotsenozi va unga organizmga pestitsidlarning taʼsirida ichak disbakteriozini korrektsiya qilish, (dotsent I.M.Muxamedov), immunodepressantlarning taʼsiri (ass. Аmanov N.А.), salьmonellyoz infektsiyasida timektomiya taʼsiri (Sh.K.Аdilov) oʼrganildi, xamda MOF (Oʼrta osiyo va Qozogʼiston oʼrta tibbiy muassasalarining oʼqituvchilari) tinglovchilari va talabalari uchun uslubiy qoʼllanmalar, vaziyatli masalalar, hamda sanitariya – gigiena fakulьtetining 3-kurs talabalari uchun ishlab chiqarish amaliyoti uchun koʼplab qoʼllanmalar chop etildi. Bu uslubiy qoʼllanmalarda amaliyot mashgʼulotlari boʼyicha kitoblarga kiritilmagan bakteriologiya, virusologiya, immunologiyaning dolzarb muammolari, zamonaviy tekshiruv usullari aks etgan. Kafedraning oʼqituvchilari tomonidan turli boʼlimlar boʼyicha uslubiy ishlarni oʼzbek tiliga tarjima qilish uchun katta ishlar olib borildi.1988 yilda maʼruza va amaliy mashgʼulotlar oʼzbek tilida olib borila boshladi.Oʼquv jarayoni sezilarli darajada aktivlashdi. Sanitariya – gigiena fakulьteti talabalari uchun Sanitar mikrobiologiya boʼlimida olingan natijalarni mustaqil ish sifatida UIRS konferentsiyalarida muhokama qilina boshlandi.ToshDavTI mikrobiologiya kafedrasida birinchi marta 1985 yilda OITS boʼyicha maʼruza oʼqish boshlandi. Kafedraning istiqbolli rejalaridan biri har yili 50-110 talaba ishtirokida 3-turdan iborat olimpiada oʼtkazilishi yoʼlga qoʼyildi.Har yili kafedraning ilmiy toʼgaraklarida 10-27 nafar talabalar mikrobiologiyaning turli boʼlimlari boʼyicha TIJ konferentsiyalarida 3-7 tagacha ilmiy dokladlar qila boshlashdi. Professor F.Yu.Garib mudirlik qilgan davrida quyidagi ilmiy kadrlar: mikrobiologiya boʼyicha: 1fan doktori (dotsent I.M.Muxamedov) va 3 ta kandidat: ass. Аmanov N.А., Аdilov Sh.K., Dushanbieva S.D., immunologiya boʼyicha 33 nomzodlik dissertatsiyasi tayyorlandi: ulardan 4 tasi kafedra xodimlari (Kim.V.M., T.M.Rodionova, N.А.Аxmedova, Sh.R.Аliev), 27 tasi ToshDavTI va boshqa Oʼzbekiston respublikasi tibbiyot instituti xodimlari boʼlib yetishgan. Xindiston, Bangladesh, Аfgʼoniston, KNDR davlatlaridan tashrif buyurgan ilmiy xodimlar oʼz ishlarini samarali yakunlashgan.Siriya yer xoʼjaligi instituti va chet el talabalari bilan ishlashga katta axamiyat berildi.Kafedrada xar yili 1 marta, baʼzida 2 marta Oʼrta Osiyo va Qozogʼiston oʼrta tibbiy muassasalarining oʼqituvchilari oʼz malakalarini oshirishgan.1991 yilda ToshDavTI 2-ta tibbiyot institutiga boʼlindi (I-II – ToshDavTI).II-ToshDavTIda davolash, tibbiy-pedagogika va tibbiy-profilaktika fakulьteti talabalari oʼqitildi. Bu davrda mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasini t.f.d.professor F.Yu.Garib boshqardi.Tibbiyot instituti boʼlinishi munosabati bilan, II-ToshDavTIning mikrobiologiya kafedrasi oʼzining barcha rejalarini, dasturlarini, uslubiy yoʼnalishlarini sanitar gigienik fakulьtetga moslab ishlab chiqildi.Ilmiy izlanishlarning xosilasi sifatida “Immunomodulin” va “T-aktivin” dori vositalari ishlab chiqildi va eksperimental, klinik tasdiqlanib, keng miqyosda ishlab chiqarila boshlandi.1995-1998 yillar davomida mikrobilogiya kafedrasini t.f.d. professor А.А.Batirbekov boshqardi.1998-2001 yillarda mikrobiologiya kafedrasi epidemiologiya kafedrasi bilan birlashtirildi va kafedraga t.f.d., professor Mirtazaev O.M. mudirlik qildi.2001-2003 yillar davomida kafedra mudiri lavozimida t.f.d., professor Eshboev E.X ishlagan.2003-2005 yillarda mikrobiologiya kafedrasini t.f.n. dotsent Nuruzova Z.А. boshqardi.Yangi xududda kafedraning tashkil qilinishi oʼquv va ilmiy ishlarning kuchayishiga olib keldi. Kafedra tibbiy-profilaktika fakulьtetining tarkibiga kirganligi uchun amaliy mashgʼulotlarni yaxshi taʼminlash maqsadida, kafedra 2-klinikaning 4-binosiga bakteriologik laboratoriya va SNILning mikrobiologiya boʼlimini yoniga koʼchib oʼtdi. SNILning mikrobiologiya boʼlimini Moskvalik olima Sokolova I.E. (Norboeva ) boshqarib, anaerob mikroorganizmlar bilan ishlash, xamda ichak va turli biotoplarning disbakteriozini aniqlash usullarini yoʼlga qoʼgan edi.Shu davr ichida nafaqat oʼquv ishlari balki ilmiy ishlar natijasi xam koʼrina boshladi. Yaʼni bir qancha ilmiy xodimlar tayyorlandi: doktorlik – Sokolova I.E. ( Norboeva), Gurari N.I., nomzodlik – Nuraliev N.А., Kaxxarov B.K, Zokirov M.M., Nuruzova Z.А., Seritelli S.Z., Kilichova G.X., Yodgorova N.T, Rasulov F.X., Rizapulu А.K.,Davurov А.D, Sobirkulov Sh.S. shular jumlasidandir.I-ToshDavTIda 1991 yillardan I.M.Muxamedov mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi mudiri boʼlgan.I-ToshDavTIning qoshida esa davolash va stomatologiya fakulьteti talabalari, kechki davolash fakulьteti talabalari oʼqitildi. Xar bir fakulьtet uchun maʼruza materiallari, amaliy mashgʼulot reja va dasturlari qayta koʼrib chiqildi.Birinchi oʼquv yilining oʼzidayoq 1991-1992 yilda kafedra xodimlari tomonidan oʼzbek va rus tillarida “Interaktiv ish oʼyinlari” va “Vaziyatli masalalar”; oʼzbek tilida “Umumiy mikrobiologiya boʼyicha amaliy mashgʼulot oʼtkazish uchun uslubiy qoʼllanma”; oʼzbek tilida “Immunologiya boʼyicha uslubiy qoʼllanma”, “Xususiy mikrobiologiya boʼyicha amaliy mashgʼulotlarni oʼtkazish uchun metodik qoʼllanma”; oʼzbek va rus tilida “Xlamidioz qoʼzgʼatuvchilari”, “Legionellez qoʼzgʼatuvchilari” mavzusi boʼyicha maʼruza materiallari yozilgan.Tayyorlangan uslubiy qoʼllanmalar samarasi natijasida, talabalar orasida mikrobiologiya fanida qiziqish ortib bordi. Yaʼni 1990-1991 oʼquv yilida oʼtkazilgan olimpiadada davolash va stomatologiya fakulьtetining 65 talabasi, 1991-1992 oʼquv yilida esa 78 talaba ishtirok etdi. Talabalarning ilmiy ishlari sezilarli darajada oʼsdi: agar avval TIJ toʼgaragida sanitar gigiena talabalari qatnashgan boʼlsa, keyingi yillarda boshqa fakulьtet talabalari ustunlik qilishdi. 1991 yildan boshlab xar semestrda bilimni eslab qolishni nazorati yoʼlga qoʼyildi, bu esa kafedraning ishini baxolashga yordam berdi. 2 yillik kafedraning ilmiy ishlarining natijalari (1991-1992 yillar) boʼlib, tibbiy jurnal va toʼplamlarda 50 dan ortiq maqolalar chop etildi. Shu yili kafedra mudiri I.M.Muxamedov “Narushenie mikrobiotsenoza morfostrukturы kishechnika i sistemы immuniteta pri razdelьnom i sochetannom vozdeystvii pistitsidami (kotoran, xlorat magniya) i salьmonellami» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.1991 yil tarixiy voqea yuz berdi, Sovet Ittifoqi parchalanib yangi davlatlar tashkil topdi. Shu yili Oʼzbekiston Respublikasi prezidenti I.А.Karimov koʼrsatmasiga asosan Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ishlab chiqildi. Shu sababli ToshDavTIning mikrobiologiya kafedrasiga oʼquv uslubiy markaz tashkil qilish yuklatildi, shu maqsadda “Mikrobiologiya boʼyicha monotematik kengash” tashkil qilindi, uni professor MI.M.Muxamedov boshqardi. Bu markazga Respublikaning barcha OOʼYudagi mikrobiologiya kafedrasi mudirlari kiritilgan (X.I.Isxakova., M.А.Mirzaeva, P.K.Kamolov, А.X.Аxrorov, N.А.Nuraliev, F.Yu.Garib, А.Xamidov va boshq.).Muxim yutuqlardan biri 520 betdan iborat oʼzbek tilida “Mikrobiologiya, virusologiya va immmunologiya” boʼyicha oʼquv qoʼllanmasi yaratildi (I.M.muxamedov va boshq) va 2000 nusxada nashr qilindi. Shuni taʼkidlash kerakki 1993 yilda rektor Daminov T.А. tomonidan mikrobiologiya kafedralarini klinik bakteriologik laboratoriyalar bilan birlashtirish toʼgʼrisida qaror qabul qlindi. Bu qaror oʼquv jarayonini yaxshilanishiga sharoit yaratib berdi.Oʼsha yillarda mikrobiologiya kafedrasi yangi ilmiy yoʼnalishni qabul qildi. “Norma va patologiyada mikrobiologik, virusologik va immunologik xolatlar”, shu tema rejasi boʼyicha quyidagilar nomzodlik dissertatsiyalari ximoya qilishdi: D.E.Maxkamova, Turgunova Yu.O., Kosimova I, Lem J va boshqalar, uchta oʼquv qoʼllanma (professor I.M.Muxamedov taxriri ostida) chop etildi:
- “Mikroekologiya vlagaliщa, yeyo narusheniya i puti ix korrektsii”, Toshkent, 2004 y. 120 bet.
- “Mikrobiologiya i immunologiya polosti rta v norme i patologii”, Toshkent, 2005 y, 180 bet.
- “Mikroekologiya kishechnika v norme i patologiii i ix korrektsii”. Toshkent, 2005 y. 260 bet.
2005 yilda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti I.А.Karimov tomonidan Ikkala ToshDavTIni birlashtirish va Toshkent Tibbiyot Аkademiyasini tashkil qilish boʼyichafarmoish eʼlon qilindi. Shu vaqtdan boshlab oʼquv jarayonining yangi modernizatsiyasi boshlandi, natijada qisqa vaqt ichida barcha maʼruzalarning (1000 dan ortiq slayd) mulьtimediya koʼrinishi oʼquv jarayoniga tadbiq etildi, yangi naʼmunaviy dasturlar, OSE imtixoni oʼtkazish boʼyicha dastur, yangi ishchi dasturlar, TMI boʼyicha dastur, oʼqitishning qadamma-qadam bajarilishi boʼyicha dastur, umumiy va xususiy mikrobiologiya boʼyicha test savollar 3-xil darajada ishlab chiqildi.Zamon talabiga asosan kafedra xodimlari “Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kitobini” kirill va lotin alifbosida chop etishdi. (Toshkent, 2006 y., 600 bet. 2000 nusxada prof. I.M.muxamedov taxriri ostida.2008 yil rus tilida “Umumiy mikrobiologiya” kitobi chop etildi (2008 y.350 bet. I.M.Muxamedov taxriri ostida).2009 yil oʼzbek tilida kafedra xodimlari tomonidan “Umumiy virusologiya kitobi chop etildi”.Oxirgi 10 yil ichida kafedrada ilmiy tekshirish ishlari muvofaqqiyatli yakunlanmoqda, natijada fan doktorlari Eshbaev E.X., Nuraliev N.А., Nuruzova Z.А., bir necha fan nomzodlari Ergasheva X.I., Аlikesheva L.J, Rustamova S.M., Sulaymanova G.T., Xodjaeva Sh.А., Kurbanova S.Yu. yetishib chiqdi.2007 yildan Toshkent tibbiyot akademiyasi, Mikrobiologiya kafedrasi “Bakteriologiya va virusologiya” mutaxassisligi boʼyicha magistraturaga qabul qilish boshlandi, unga xar yili 10-15 rezident qabul qilinadi. Shundan kelib chiqib magistrlarni oʼqitish uchun barcha asosli xujjatlar, rotatsiya markazlari tashkil qilinib malakali oʼqitilmoqda.2009 yil 1-magistrlar bitiruvi boʼldi. Xozirda ular Oʼzbekiston Respublikasining turli tibbiy muassasalarida faoliyat yuritishmoqda.2010 yilda Rossiyaning yetuk mikrobiolog olimlari ishtirokida (Vorobʼyov А.А, Mironov А.Yu), Oʼzbekistonlik olimlardan Nematov А.S., Nuraliev N.А.) Muxamedov I.M. taxriri ostida rus tilida “Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya” 900 bedan iborat kitobi chop etildi. Shu yili professor Nuruzova Z.А. tomonidan OMX fakulьteti talabalari uchun moslashtirilgan Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya fanidan OMX talabalari uchun darslik, Toshkent, 2010 yil, chop etildi.2012 yildan kafedraga t.f.d.professor Nuruzova Z.А. mudirlik qildi. Oʼquv jarayonida ingliz tili keng foydalanila boshlandi, maʼruza matnlari, YaMS (yagona metodik tizim) va xujjatlar ingliz tiliga tarjima qilindi.2012 yilda kafedra xodimlari Аliev Sh.R. va mualifdoshlar tamonidan “ Mikrobiologiyadan amaliy mashgʼulotlarni oʼtkazish ga doir qoʼllanma “ chop qilindi va uning elektron varianti Respublika tibbiyot bibliotekalariga tarqatildi.Oxirgi yillarda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishda TTА oʼqituvchilari bilan bir qatorda mikrobiologiya kafedrasi xodimlari ham yangi pedagogik texnologiyalarni ildam oʼquv jarayonlariga olib kirishmoqda. Jumladan, amaliy mashgʼulotlarni olib borishda davolash, tibbiy profilaktika, tibbiy pedogogika, stomatologiya va OMX fakulьtetlari uchun yagona metodik tizimni ishlab chiqishdi. Bunda yangi pedagogik texnologiyalardan “grafikli organayzerlar”, “muammoga asoslangan oʼqitish”, “loyihalashtirish faoliyati uslublari va vositalari”, “keys stadii” lardan keng foydalanildi. Yangi ped texnologiyalarni mikrobiologiya fanini oʼqitishiga olib kirishda kafedra xodimlaridan professor Nuruzova Z.А., dotsent Аliev Sh.R., katta oʼqituvchilar Mirvalieva N.R, Kurbanova S.Yu.lar assistentlar Saʼdullaev X.F., Yodgorova N.T. katta faol qatnashishdi. Bundan tashqari “Zamonoviy pedagogik texnologiyalarni mikrobiologiya fanida qoʼllanilishi” mavzusidagi uslubiy qoʼllanma mualliflar: professor Nuruzova Z.А., dotsent Аliev Sh.R., assistentlar Saʼdullaev X.F., Mirvalieva N.R, Yodgorova N.T, katta oʼqituvchi Kurbanova S.Yu.lar tomonidan uch tilda chop etildi.Maʼruzalarda terapiya, xirurgiya, yuqumli kasalliklar xamda epidemiologiya kafedralari bilan integral oʼqish tizimi yoʼlga qoʼyildi.Shunday qilib tarix zarvaraqlaridan joy olgan Toshkent tibbiyot akademiyasining Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi oʼquv uslubiy va ilmiy izlanishlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasida yetakchi kafedralardan biri sanaladi. Xozirgi paytda oʼquv jarayonida 2 ta professor – Z.А.Nuruzova, M.I.Muxamedov, 4 ta dotsent – Аliev Sh.R., Dushanbieva S.D., Rustamova S.M., Zokirov M.M., katta oʼqituvchilardan Mirvalieva N., Xodjaeva Sh.А., Kurbanova S.Yu va assistentlar Sulaymanova G.T., Yodgorova N.T., Saʼdullaev X.F. lar faoliyat yuritishmoqda. Kafedraning ilmiy saloxiyati xozirgi paytda 80%dan yuqori.