Oʼquv ishlari

Fan dasturi Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi

Mikrobiologiya – xayotning eng mayda formasi boʼlgan, qurollanmagan, koʼz bilan koʼrib boʼlmaydigan  mikroorganizimlarni,  ularni  tabiatda  tutgan  oʼrni,  tuzilishi,  xayotiy jarayonlarini oʼrganuvchi fan xisoblanadi. Meditsina  mikrobiologiyasi  odam  uchun  patogen,  shartli-patogen   boʼlgan mikroorganizmlarni,  ularni  ekologiyasi  tarqalganligi  va  ajratib  olish,  identifikatsiya qilish  usullarini,  hamda  ular  keltirib  chikaruchi  kasallikni  epidemiologiyasi,  maxsus davolash   va  oldini  olish    printsiplarini   oʼrganadi.  Meditsina  mikrobiologiyasini ajralmas   qismi  boʼlgan  immunologiya  fani  esa,  organizm  uchun   genetik  begona  boʼlgan antigen, zarra va xujayralardan organizmni ximoya qilish vositalarini oʼrgatadi. Oliy  meditsina  institutlarida   bakalavriyat  tayyorlash  etaplarida   mikrobiologiya fani   aloxida  oʼz  oʼrniga  ega   boʼlishi  kerak,  chunki   talabalarni   keyingi  bilim  olish etaplarida  va  klinik  fanlarni  oʼzlashtirishda  mikrobiologiya,  immunologiya  va virusologiyalar asosiy fundament boʼlib xizmat kiladi.

Oʼquv fanining maqsadi va vazifalari

Fanni oʼqitishdan maqsad – mikroorganizmlarning tuzilishi, xayot faoliyati, tabiatda tarqalishi,   ular  taʼsirida  kelib  chiqadigan  yuqumli  kasalliklarga  tashxis  qoʼyish, epidemiologiyasi, davolash va oldini olish chorralarini bilishdan iborat.

Fanning vazifalari:

–  mikroorganizmlarning tuzilishi xaqida bilimga ega boʼlish;

–  mikroskopik usulni bajarish amaliy koʼnikmalarga ega boʼlish;

–  mikroorganizmlarning tarqalishini bilish;

–  mikroorganizmlar chaqiradigan kasalliklarga tashxis qoʼyishni bilish;

–  mikrobiologik tashxis qoʼyish usullarni amaliyotda qoʼllash;

–  bakteriyalarni identifikatsiya qilish;

–  infektsion jaraenlarni kelib chiqishini bilish;

–  immunitetni spetsifik va nospetsifik omillarini ajratib olish;

–  gumoral va xujayraviy immunitet tizimlarini vazifalarini oʼzlashtirish;

–  viruslarni  tuzilish  farqini  bilish  va  ular  chaqiradigan  kasalliklarga  tashxis

qoʼyish bilimiga ega boʼlish;

–  yuqumli  kasalliklarni  davolash  va  oldini  olish  chorralari  xaqida  bilimga  ega

boʼlish.

 

Fan boʼyicha bilim, malaka va koʼnikmaga qoʼyiladigan talablar

“Mikrobiologiya,  virusologiya  va  immunologiya”  oʼquv  fanini  oʼzlashtirish  jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

  • Mikoorganizmlarning  asosiy  turlari,  zamonaviy  tibbiy  mikrobiologiya,

virusologiya  va  immunologiyani  fani,  uning  maksad  va  vazifalari,  odam  uchun  patogen

bakteriya,  rikketsiya,  mikoplazma,  viruslar,  sodda  jonivorlar  va  mikroskopik

zamburuglarning  taksonomik  nizomi,  morfologik  va  biologik  xususiyatlari  xaqida

tasavvurga ega boʼlishi kerak.

  • Mikroorganizmlarning  tashqi  muxitda  tarkalganligi,  tashqi  muhit  faktorlarini

mikroorganizmlarga  taʼsiri  mikroorganizmlarning  genetikasi  va  ularda  roʼy  beruvchi

oʼzgaruvchanliklar  va  uning  axamiyati,  patogen  mikroorganizmlarning  patogenligi,

virulentligi,  patogenlik  omillari  va  ularning  infektsion  jarayonni  rivojlanishidagi

axamiyati.

  • Organizmning  asosiy  ximoya  mexanizmlari  –  maxsus  va  nomaxsus  va  ularning

amaliyotdagi  axamiyati,  kimyoterapiya  va  kimyoprofilaktikaning  mikrobiologik  va

molekulyar-biologik  asoslari,  odam  yukumli  kasalliklari  kuzgatuvchilarining

differentsial xususiyatlari, laborator tashxisi, maxsus profilaktika va terapiyasi,  tashki

KALENDAR-TEMATIK REJA 2023-2024