Angren Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Toshkent davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda “Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fanini o‘rgatishda zamonaviy “Mozaik 3D education” ilovasining innovatsion ta’lim texnologiyalari sifatida qo‘llanilishi” mavzusi mazmun va mohiyati bilan yaqindan tanishish.
Tadbirni texnikum rahbariyati va Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi mudiri o’rinbosari, dotsent F.Sh. Mamatmusayevalar ochib berdi. Angren Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining Toshkent davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik ishlari bo‘yicha mas’ul o‘qituvchisi A. M. Tadjibayeva ishtirokchilarni seminar kun tartibi bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng, “Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya” kafedrasi katta o‘qituvchi Z. B. Jurayeva va assistent D. Sh. Gulmurotova ma’ruza bilan chiqdi. Ma’ruzada “Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fanini o‘rgatishda zamonaviy “Mozaik 3D education” ilovasining innovatsion ta’lim texnologiyalari sifatida qo‘llanilishi” mavzusida batafsil taqdimot qilindi.
Ma’ruzada Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fanini o‘rgatishda zamonaviy innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llanilishi haqida keng ma’lumotlar berildi.
Ishtirokchilar tomonidan professional ta’lim muassasalarida ushbu fanga oid qiziqtiruvchi savollar berildi, baxs-munozaralar va o‘qituvchilar o‘rtasida suhbatlar olib borildi.
Muhokamalar va takliflar: Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fanini o‘rgatishda zamonaviy “Mozaik 3D education” ilovasining innovatsion ta’lim texnologiyalari sifatida qo‘llanilishi haqida ma’lumotlar o‘qituvchilarga.



