MIKROBIOLOGIYA, VIRUSOLOGIYA VA IMMUNOLOGIYA KAFEDRASI
Mikrobiologiya kafedrasi 1919 yil fakulьtet bilan bir vaqtda tashkil topgan. Uning birinchi rahbari professor Grekov Аleksey Dmitrievich boʼlgan.
Аleksey Dmitrievich Grekov 1873 yil 17 martda Novocherkasda Donsk ortida qozoq oilasida tugʼilgan.1892 yil gimnaziyani tamomladi va Petergburgga harbiy-tibbiy akademiyasiga oʼqishga ketdi. 1897 yil А.D.Grekov aʼlo baholar bilan oʼqishni tugalladi va Turkmanistondagi Marv shahriga keldi. Bu yerda harbiy boʼlinmaga kichik shifokor qilib tayinlandi.
Uning hayotidagi eng katta ish ilm fan va birinchi oʼrinda bakteriologik ilmiy tajriba institutini ochgani boʼldi. 1918 yil harbiy gospital qoshidagi bu ilmiy-tekshirish bakteriologik laboratoriya nomi “Turkiston respublikasi sogʼliqni saqlash xalq komissiriati qoshidagi bakteriologik laboratoriya”ga oʼzgartirildi. U Toshkent harbiy gospitali roʼparasida joylashgan edi. А.D.Grekov laboratoriyaga boʼlim mudiri etib tayinlandi. U oʼz oilasi bilan shu xududga koʼchib keldi, 24 soat davomida yangi termostatlar faoliyatini kuzatish maqsadida. U vaktsina tayyorlash uchun eng zarur asbob hisoblanardi. Birinchi boʼlib tifga va vaboga qarshi vaktsina tayyorlandi, soʼngra veterinariya magistri Sergey Yevgenьevich Dmitriev bilan chechakga qarshi vaktsina ishlab chiqildi, chunki bu kasallik Turkistonda eng koʼp tarqalgan edi. Soʼngra bu laboratoriyalar sogʼliqni saqlash jamiyatidagi Oʼzbekiston sanitar bakteriologik institutga aylantirildi va professor Grekov birinchi direktori qilib tayinlanildi.
1933 yilgacha kafedrada asosan pedagogik ishlar olib borildi. 1933 yilda Shtiben V.D. kafedra mudiri lavozimiga saylandi, uning rahbarligida streptokokklar va stafilokokklar tavsifi boʼyicha ilmiy ishlar qilindi.
Talabalar surtmani mikroskopiya qilishmoqda. 1930 yil.
Pavel Fyodrovich Samsonov, doktorlik dissertatsiyasini brutsellyozlar bakteriologiyasi boʼyicha yoqlab, professor boʼldi, kelajakda esa OʼzSSR fan arbobi darajasiga erishdi. U Oʼzbekistonda tibbiy mikrobiologiya boʼyicha yirik olim xisoblanadi.
Kafedraning ilmiy faoliyatini urushgacha boʼlgan davrga va urush davrga boʼlish mumkin: tilla rang stafilokokklar (Kats R.P., 1936y.), surunkali yarali kolitlarda enterokokklar ahamiyati (Drapkina А.V.,1938y.), tuberkulyoz bakteriyalarini serologik guruxlarga ajratish (1943y.), ochiq suv havzalarida suvning koli-titrini aniqlashda sut-koagulaza usulini solishtirma baholashga (Grinevich А.T.,1945y.) qaratilgan.
May 1936 yil. Bakteriologik institut xodimlari.
Mikrobiologiya kafedrasining urushdan keyingi ilmiy ishlari (1945-1964y.) umumiy mikrobiologiya, sanitar bakteriologiya, boʼgʼma, ichak va boshqa infektsiyalar muammolariga bagʼishlandi.
Professor Samsonov P.F. ning mashaqqatli mehnatlari natijasida u boshchiligida qilgan 1936-1964 yillar davomida 30 dan ortiq dissertatsiya ishlari himoya qilindi. Ulugʼ olim, koʼp qirrali mikrobiolog, professor Samsonov P.F. qon orqali oʼtuvchi yuqumli kasalliklarni oʼrganish uchun koʼp ishlar qildi. Yaʼni, Ku-isitmasi va boshqa infektsiyalar boʼyicha amaliyot shifokorlari uchun yoʼriqnoma xat chop etdi. Oʼzbekistonda birinchi marotaba professor Samsonov P.F. ipak yigirish fabrikasida ishlovchilarning teri yalligʼlanish kasalliklarida enterokokklarni ahamiyatini aniqladi. Mikroflorani va bemor organizmidagi immunobiologik javob reaktsiyalarini parallel oʼrganish natijasida turli joylashuvdagi yiringli-yalligʼlanish jarayonlarida enterokokklarning etiologik ahamiyatini oʼrgandi.
Yunus Аxmedjonovich Аxmedjonov, biologiya fanlari doktori, professor, SSSR tibbiy fanlar akademiyasining akademigi, 1964-1971 yillari mikrobiologiya kafedrasi mudiri boʼlib ishlagan.
1964-1971 yillar davomida oʼquv-tarbiyaviy va ilmiy ishlar yanada yaxshilandi. Kafedrada ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash davom etdi. Yaʼni, 1964-1971 yillar kafedrada 12 xodim nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Shulardan, 2 doktorlik dissertatsiyasi: dotsent L.I.Kartushin tomonidan “Rolь uchastnikov bakteriotsenoza v formirovanii dlitelьnogo nositelьstva difteriynыx bakteriy v nyobnыx mindalinax” va dotsent Аxmedjanov Yu.А. oʼzbek tilida “Mikrobiologiya va virusologiya asoslari” nomli kitob yozdi va uni 1966 yilda doktorlik dissertatsiyasi sifatida himoya qildi.
Koʼp yillar davomida mikrobiologiya kafedrasi hodimlari ayrim shartli-patogen bakteriyalarni (enterokokk, ichak tayoqchasi, protey va boshqalar) oʼrganish boʼyicha ilmiy ishlar olib borishdi.
50 yillardan boshlab, mikrobiologiya kafedrasida enterokokklarning ferment-toksik hususiyatlari oʼrganildi, uning agressiya fermentlarini ishlab chiqarishi isbotlandi, serologik differentsiatsiya oʼtqazildi va ularning fagoidentifikatsiyasi aniqlandi (Yu.А.Аxmedjanov, N.А.Аxmedov, R.F.Umarova, Sh.N.Xoltaev, G.G.Brusselь, А.F.Foliyants va boshq.). Bolalarda dispepsiya xolatida enterokokklarning etiologik ahamiyati aniqlandi (Kim L.P.).
1980-1995 yillar davomida kafedrada ilmiy tekshirish ishlari aktivlashdi. Klinik immunologiya – yangi yoʼnalish paydo boʼldi. Kafedra qoshida immunologik tajribaxona tashkil qilindi, unda kafedraning, ToshDavTIning boshqa kafedra xodimlari, Respublikaning boshqa institutlari, Leningrad shaxri tibbiyot instituti xodimlari professor F.Yu.Garib raxbarligi ostida odamning immun statusini baxolashning yangi usullarini ishlab chiqishdi: limfotsitlar subpopulyatsiyasini aniqlashdi (T-limfotsitlar, T-supressorlar, T-xelperlar, V-limfotsitlar, V-supressorlar, V-xelperlar, O-limfotsitlar va boshqalar). Bemor qonida antigen bogʼlovchi limfotsitlarni aniqlash boʼyicha olib borilgan ilmiy tekshirishlar yoʼnalishi yangi original va perspektivligi bilan ajralib turdi. Dotsent Muxamedov I.M. oshqozon ichak trakti mikroflorasini oʼrganish boʼyicha ilmiy guruxga boshchilik qildi. Ichak mikrobiotsenozi va unga organizmga pestitsidlarning taʼsirida ichak disbakteriozini korrektsiya qilish, (dotsent I.M.Muxamedov), immunodepressantlarning taʼsiri (ass. Аmanov N.А.), salьmonellyoz infektsiyasida timektomiya taʼsiri (Sh.K.Аdilov) oʼrganildi.
1988 yildan maʼruza va amaliy mashgʼulotlar oʼzbek tilida xam olib borila boshlandi.
1991 yilda ToshDavTI 2-ta tibbiyot institutiga boʼlindi (I-II – ToshDavTI).
II-ToshDavTIda davolash, tibbiy-pedagogika va tibbiy-profilaktika fakulьteti talabalari oʼqitildi.
Ilmiy izlanishlarning xosilasi sifatida “Immunomodulin” va “T-aktivin” dori vositalari ishlab chiqildi va eksperimental, klinik tasdiqlanib, keng miqyosda ishlab chiqarilish yoʼlga qoʼyildi.
1991 yili kafedra mudiri I.M.Muxamedov “Narushenie mikrobiotsenoza morfostrukturы kishechnika i sistemы immuniteta pri razdelьnom i sochetannom vozdeystvii pestitsidami (kotoran, xlorat magniya) i salьmonellami» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi.
Oxirgi 10 yil ichida kafedrada ilmiy tekshirish ishlari muvofaqqiyatli yakunlanmoqda, natijada fan doktorlari Nuraliev N.А., Nuruzova Z.А., bir necha fan nomzodlari Ergasheva X.I., Аlikesheva L.J, Rustamova S.M., Sulaymanova G.T., Xodjaeva Sh.А., Kurbanova S.Yu. yetishib chiqdi.
Z.А.Nuruzovaning ilmiy ishlarining asosiy natijalari 150dan ortiq ilmiy nashrlarda chop etilgan, ulardan tasi kitob, 4ta patent, 60ta uslubiy qoʼllanmalar koʼrinishida chop etilgan, uning qoʼl ostida 1 fan nomzodi va 22 magistrlik dissertatsiyasi yoqlandi. Ilk marotoba amaliy mashgulot va maʼruzalarni ingliz tilida olib borishni Z.А.Nuruzova boshlab bergan. Z.А Nuruzova tomonidan kafedrada xoʼjalik shartnomasi asosida pullik xizmatlar tashkil qilingan va shu xisobiga talabalar uchun amaliy va laboratoriya ishlari uchun kerakli reaktivlar olinadi. Ularning qoʼl ostida Oʼzbekistonning barcha tibbiy institutlari uchun fan boʼyicha standartlar, oʼquv dasturlar, namunaviy dasturlar, laboratoriya ishlari ishlab chiqildi va oʼquv jarayoniga tadbiq etildi. BJSS tashkiloti ekspert gurux aʼzosi sifatida Oʼzbekistonda amaliy laboratoriya xizmatlarini yaxshiladi, ularga sifatli kadrlar tayyorlash masalasida keng ishlar olib boradi.