Қатнашдилар: кафедра мудири, профнссор З.А. Нурузова, доцентлар: Ш.Р. Алиев, Н.Т. Ёдгорова, катта ўқитувчилар:З.Б. Джураева, Ф.Ш. Маматмусаева, асс.:Н.Ғ. Юлдошева, З.Н. Оринбаева, У.М. Абдуллаев даволаш факултети 217- гуруҳ талабалари.
Кун тартиби:
1. УСТОЗ-ШОГИРД АНЪАНАЛАРИ.
2. Устоз отангдек улуғ.
Qadimda milliy an’ana bo‘yicha shogirdlikning o‘ziga xos odob-axloq qoidalari bo‘lgan. Chunonchi, Husayn Voiz Koshifiy bunday deydi: «Agar sendan shogirdlik odobi nechta, deb so‘rasalar, yettita degin. Avvalo, o‘z ishiga yaxshi munosabatda bo‘lish, ya’ni o‘z kasbini sevish; o‘z kasbiga e’tiqod qo‘yish va unga ishonish; ustoz oldida haqsevar bo‘lish, o‘z nojo‘ya odatlarini tark etish; ko‘rish lozim bo‘lmagan hamma narsalardan nigohini olib qochish; eshitish mumkin bo‘lmagan barcha narsalarga quloq solmaslik; barcha noloyiq ishlardan qo‘l tortish; ustoziga zid bo‘lgan kishilar bilan muomala qilmaslik. Agar shogirdlikning asoslari nechta deb so‘rasalar, oltita degin: rostgo‘ylik, vafodorlik, mas’uliyatlilik, nasihatni quloqqa olish, ozor bermaslik, sir saqlash. «Ustoz-shogird» an’analari — yoshlarda kasbiy mahoratni tarbiyalash, ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini oshirish, izlanish, ijod qilish, bir so‘z bilan aytganda har tomonlama etuk shaxsni shakllantirishda o‘ziga xos tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish mavjudligi bilan katta ahamiyat kasb etadi. Yana bir xarakterli jihati shundaki, unda talabaning o‘z imkoniyatlariga ishonch, vaziyatni to‘g‘ri baholash hamda irodaviy sifatlar shakllanadi, qolaversa talabaning ijtimoiy faolligi ustozlar nazoratida bo‘ladi.