Biz chekishga qarshimiz

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tashabbusi bilan 1988-yildan buyon 31-may «Butunjahon chekishga qarshi kurash kuni» sifatida dunyo miqyosida nishonlanib kelinadi.
Ma’lumotlarga ko’ra, tamakining tarkibidagi zaharli moddalarning salbiy ta’siridan har yili sayyoramizning 6 millionga yaqin aholisi vafot etadi. Agar zaruriy choralar ko’rilmasa, 2030-yilga borib bu ko’rsatkich yiliga 8 millionga yetadi.
Toshkent Davlat tibbiyot universitetining Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi jamoasi joriy yilning 13-may kuni «Biz chekishga qarshimiz!» shiori ostida ko’rgazma tashkil etdi.
Ko’rgazmaning pirovard maqsadi hozirgi va kelajak avlodni tamaki ta’siri bilan bog’liq ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy ofatlar haqida bilimini boyitish hamda sog’lom turmush tarzini targ’ib etishdan iborat bo’ldi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.