Bugungi tarixiy tashrif ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochadi

Toshkent tibbiyot akademiyasining xalqaro hamkorlik faoliyatini yanada kengaytirish, o‘quv jarayoniga yetakchi xorijiy oliy ta‘lim muassasalari, tibbiyot markazlarining professor-o‘qituvchilari va mutaxassislarini jalb etish hamda TTA tomonidan tasdiqlangan tashrif dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasiga S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti Umumiy immunologiya kafedrasi dotsenti, PhD Abilbayeva Araylim va Oxas Inkarlar 20-may kuni tashrif buyurdi. 20-25 may kunlari xorijiy mutaxassislar tomonidan Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari uchun master class, talabalar uchun ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari olib borildi, shuningdek TTA ning zamonaviy raqamli kutubxonasi, test markazi, simulyatsion markaz va muzeyiga sayohat tashkillashtirildi. TTA ning markaziy ilmiy laboratoriyasi ish faoliyati, ilmiy xodimlar va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirildi hamda kelajakda ko‘plab hamkorlik qilish bo‘yicha rejalar tuzildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.