3. Yangiliklar. ⚡️18.04.2023 yil TTА Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi mudiri t.f.d. professor Z.А.Nuruzova boshchiligida kafedra professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent viloyati Yangiyoʼl “Kichkintoy” bolalar uyiga “Ramazon sovgʼasi” bilan tashrif buyurdilar. Tarbiyalanuvchi bolajonlar uchun sovg‘alar olib borildi va bolalarni sog‘liqlari xaqida maʼlumotlar oldik. Quvonarligi shundaki, kichkintoylar uyida yil sayin tarbiyalanuvchilarning soni kamayib bormoqda, xozirda kichkintoylar soni 89 nafardan 36 taga tushibdi. Sababi - Prezidentimiz tashabbusiga ko‘ra bolalar «oilalarga berilishi» yo‘lga qo ‘yilganligi va endilikda baxtli oila sharoitida ulgʼayishmoqda. 2. ⚡️Xalqaro hamkorlik doirasida S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston Milliy tibbiyot universitetining bir guruh o‘qituvchilari 03.04.2023-yildan boshlab TMA Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasiga keldilar. 08.04.2023 yilgacha Guruh tarkibiga: 1. Ramazonova B.A. - kafedra mudiri, professor 2. Mustafina K.K. - kafedra professori 3. Koloskova E.A. – kafedra dotsenti. Professor-o‘qituvchilar tomonidan TMA xodimlari, doktorantlar va talabalar uchun bir qator ma’ruzalar, seminarlar va mahorat darslari o‘tkazildi. 1. ⚡️30-mart 2023-yil Toshkent shahar Olmazor tuman 29-sonli umumtaʼlim o'rta maktabda TTА Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi professor-oʼqituvchilari tomonidan 10-11 sinf oʼquvchilari bilan Sogʼlom turmush tarzi yoʼnalishi boʼyicha “Qizlarni reproduktiv salomatligi” mavzusida suhbat oʼtkazildi. Kafedra mudiri t.f.d., professor Z.А.Nuruzova kirish soʼzi bilan murojaat etib oʼquvchi qizlarga reproduktiv salomatlik koʼrsatgichlari haqida ma'lumot berdilar. Kafedra dotsenti N.T.Yodgorova yigʼilgan oʼquvchilarga yoshga xos kasalliklar va ularni oldini olish chora tadbirlari haqida gapirdi. Oʼquvchi qizlar tomonidan berilgan savollarga kafedra xodimlari javob berdilar.